Jizzax viloyati hunarmandchiligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga tayyorgarlik ishlari doirasida hududlarda o‘rganish jarayonlari davom etmoqda. photo_2026-06-10_16-50-17.jpg
Rasm izohi
Joriy yilning oktabr oyida Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat amaliy san’at muzeyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘rgazma oldidan “Hunarmand” uyushmasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyati hunarmandlarining ijodiy faoliyati o‘rganilmoqda. Navbatdagi tashrif Zomin tumanining Hayitboeva MFY (Turkman MFY) hududida qo‘lda gilam to‘qish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmand Xursanoy opa ustaxonasida bo‘lib o‘tdi.
Rasm izohi
Tashrif davomida qo‘lda to‘qilayotgan gilam namunalari ko‘zdan kechirilib, ularning naqshlaridagi milliylik, rang uyg‘unligi hamda an’anaviy to‘qish uslublarining saqlanib qolishi alohida e’tibor bilan o‘rganildi. Shuningdek, mazkur mahsulotlarning ko‘rgazma ekspozitsiyasidan munosib o‘rin olishi mumkin bo‘lgan namunalar saralab olindi. Shuningdek, qo‘lda gilam to‘qish san’atini asrab-avaylash, yosh avlodga ushbu hunarni o‘rgatish hamda mahsulotlarni keng targ‘ib qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Rasm izohi
Ayni paytda ko‘rgazmaga tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda. “Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati.