
Rasmiy yangiliklar
13.06.2026
8
Respublika “Hunarmand” uyushmasida sport musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
Respublika “Hunarmand” uyushmasida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy sport turlarini rivojlantirish maqsadida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
2026-yil 5-iyun kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori ijrosini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jamoaviy sport turlarini rivojlantirish maqsadida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Rasm izohi
Musobaqa yuqori kayfiyat va qizg‘in raqobat muhitida o‘tdi. Unda uyushma tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar faol ishtirok etib, o‘zlarining intellektual salohiyati, strategik fikrlash qobiliyati va sport mahoratini namoyon etdilar.
Bellashuvlar yakuniga ko‘ra hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar aniqlandi hamda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.
G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar topshirildi.
Mazkur musobaqa xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, sog‘lom raqobatni shakllantirish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Respublika “Hunarmand” uyushmasida kelgusida ham xodimlarni sportga keng jalb etish, jamoaviy va intellektual sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muntazam tashkil etish ishlari davom ettiriladi.
Sport — salomatlik, birdamlik va yuksak natijalar garovidir!

Muallif
Nematulloh Mirzaahmedov
Muharir
#RasmiyAxborot