Joriy yilning oktabr oyida Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat amaliy san’at muzeyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jizzax viloyati hunarmandchiligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga tayyorgarlik doirasida “Hunarmand” uyushmasi raisi boshchiligidagi ishchi guruhning o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Rasm izohi
Ishchi guruh a’zolari G‘allaorol tumanining G‘afur G‘ulom MFYda kashtachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmand Yaminova Xosiyat ustaxonasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida hunarmand tomonidan yaratilgan kashtachilik namunalari ko‘zdan kechirilib, ularning badiiy qiymati, milliy an’analarni aks ettirishi hamda ko‘rgazma ekspozitsiyasidan munosib o‘rin olishi mumkin bo‘lgan ijodiy ishlar ishchi guruh raisi boshchiligida o‘rganildi.
Rasm izohi
Shuningdek, kashtachilik san’atini asrab-avaylash, uni keng targ‘ib qilish, hamda ushbu yo‘nalishda yaratilayotgan mahsulotlarni ko‘rgazma uchun saralash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Rasm izohi
Ayni paytda ko‘rgazmaga tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda. “Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati.