Navbatdagi tashrif Zomin tumanining Yoshlik MFY hududida milliy liboslar tayyorlash (chaponchilik) yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmand Mustafokulova Surayyo ustaxonasida bo‘lib o‘tdi.
Rasm izohi
Tashrif davomida chaponchilik yo‘nalishida tayyorlanayotgan milliy liboslar namunalari ko‘zdan kechirilib, ularning tikuv sifati, naqsh va bezaklaridagi milliy an’analar hamda zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashuvi alohida e’tibor bilan o‘rganildi. Shuningdek, ko‘rgazma ekspozitsiyasidan munosib o‘rin olishi mumkin bo‘lgan eng sara ishlar bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, milliy liboslar san’atini asrab-avaylash, an’anaviy chaponchilik maktabini rivojlantirish hamda yosh avlodga ushbu hunarni keng targ‘ib etish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Rasm izohi
Ayni paytda ko‘rgazmaga tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda.
“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati.