9-iyun kuni Hunarmand uyushmasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan yozgi dam olish mavsumida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni milliy hunarmandchilik an’analari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Rasm izohi
Viloyatda faoliyat yuritayotgan 13 ta bolalar oromgohida shahar va tuman bo‘limlari rahbarlari boshchiligida hunarmand ustalar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilib, milliy amaliy san’atning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Rasm izohi
Mazkur tadbirlar yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda hunarmandchilikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.