Urganch Bolalar oromgohida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qiziqarli va amaliy mahorat darsi o‘tkazildi.
Rasm izohi
Mashg‘ulot davomida usta hunarmand Yusupova Sayyora tomonidan “Qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash” yo‘nalishida bolajonlarga nazariy va amaliy bilimlar berildi. Dars jarayonida ishtirokchilar zargarlik san’atining nozik jihatlari, bezak buyumlarini yaratish bosqichlari hamda milliy hunarmandchilik an’analari bilan yaqindan tanishdilar.
Rasm izohi
Bolalar mahorat darsida faol ishtirok etib, o‘z qo‘l mehnatlari orqali turli bezak elementlarini tayyorlash sirlarini o‘rgandilar. Bunday tadbirlar yosh avlodning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, milliy hunarmandchilikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.